Jahon | 15:28 / 01.10.2021
15368
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidentining uyi muhtojlarga yordam berish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan amaldorlarning musodara qilingan ko‘chmas mulklari hisobidan muhtojlarga yordam beriladi.

Foto: president.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘z uyini muhtojlarga yordam berish uchun davlat ipoteka kompaniyasi balansiga o‘tkazdi, deb xabar berdi «Rossiyskaya gazeta».

Xabarda aytilishicha, Japarov ikki qavatli ushbu uyda oilasi bilan besh yil yashagan.

Uy yaqin kunlarda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Savdodan tushgan mablag‘ o‘nlab muhtoj oilalarga beriladi.

U badavlat fuqarolarni shunday qilishga chaqirdi.

«Uy-joyga pul topish uchun ko‘plab fuqarolar xorijda ishlagani ketishmoqda. Biz barcha fuqarolarning uyli bo‘lishini ta'minlashimiz kerak», — dedi Japarov.

Qirg‘iziston prezidenti korrupsiyaga qarshi kurash uy-joy masalasini hal qilishning yo‘llaridan biri ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan amaldorlarning musodara qilingan ko‘chmas mulklari hisobidan muhtojlarga yordam beriladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid