Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yil 2-3 oktabr kunlarida Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, oktabr oyining birinchi shanba va yakshanba kunlari Samarqand shahriga sayohatga boruvchi fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik hamda ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida qatnovlar soni ko‘paytiriladi.
Jumladan, 2-3 oktabr kunlari «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida 768/767 sonli «Afrosiyob» zamonaviy tezyurar poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, 2-3 oktabr kunlari harakat jadvaliga ko‘ra 768-sonli qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi Toshkent markaziy vokzalidan soat 07:07da, 767-sonli qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi Samarqand temir yo‘l vokzalidan soat 18:20da harakatlanadi.
«Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin», deyiladi, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston Ispaniyadan yana ikkita zamonaviy «Afrosiyob» tezyurar poyezdlarini oldi. Ulardan biri 24 iyul kuni Toshkentga yetib kelgandi. Ikkinchi poyezd bugun, 1 oktabr kuni yetib keldi. Shu tariqa O‘zbekistonda «Afrosiyob» tezyurar poyezdlarining soni oltitaga yetdi. Har ikkala poyezd ham Rossiya portlarigacha kemada keltirilib, so‘ng O‘zbekistonga temir yo‘l orqali yetkazib berildi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025