Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada oktyabr oxirida saylovlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi
Gruziyada 2 oktyabrda mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ularda shaharlar va tumanlar merlari hamda mahalliy boshqaruv organlariga deputatlar saylandi.
Saylovlar natijalariga ko‘ra, mamlakatning 20 ta shahrida, jumladan eng yiriklari hisoblanuvchi poytaxt Tbilisi, Rustavi, Batumi, Kutaisi va Potida 30 oktyabrda saylovlarning 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu shaharlarning birortasida mer lavozimiga nomzodlar dastlabki bosqichda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovozni yig‘a olmagan.
Gruziyada shaharlar merlari saylovlarida g‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ko‘proq, shahar kengashi a'zolari saylovlarida esa 40 foizdan ko‘proq ovoz to‘plash lozim.
2-bosqichda dastlabki bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirok etadi.
Ayni vaqtda mamlakatning hukmron partiyasi “Gruziya orzusi” mahalliy boshqaruv organlariga saylovlarda 48,56 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining “Yagona milliy harakat” partiyasi esa 31 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan.
Mavzuga oid
14:58 / 04.05.2025
Ruminiyada qayta prezidentlik saylovlari boshlandi
22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin
23:52 / 09.04.2025
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi
21:42 / 08.04.2025