Jahon | 20:11 / 03.10.2021
17449
1 daqiqa o‘qiladi

Kobulda sodir etilgan teraktda 12 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Idgoh masjidi yonida olomon orasida kuchli portlash sodir etildi. ToloNews telekanalining xabar berishicha, portlash “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulla Mujohid onasining janoza marosimi vaqtida yuz bergan. Buning oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi jarohat olgan.

Foto: AP

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid