Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14-20 oktyabr kunlari prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi
2021 yil 14-20 oktabr kunlari O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.
To‘ldirilgan saylov byulleteni yopiq konvertda, tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.
2021 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylovda respublikadagi 5ta partiyadan prezidentlikka nomzodlar ishtirok etishi tasdiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlangan.
Mavzuga oid
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
18:21 / 28.08.2024
Saylovlarda bir kishi “oilaviy” ovoz berish holatlarining oldi olinadi
15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi
12:39 / 18.10.2021