O‘zbekiston | 07:50 / 04.10.2021
20325
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portladi

Joriy yilning 3 oktabr kuni soat 22:13larda Toshkent shahrining Chilonzor tumani 7-kvartalida joylashgan 59-uyda, birlamchi ma'lumotga ko‘ra, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea yetti qavatli uyning 36-kvartirasida sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, uy aholisi jabrlanmagan. Qurbonlar yo‘q. Vaziyat oqibatida bir nechta kvartiralarga qisman zarar yetgan, deraza va eshiklar shikastlangan. 

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, ayni vaqtda ushbu favqulodda vaziyatning sabablari o‘rganilmoqda. 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid