Jahon | 16:40 / 05.10.2021
7664
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha mudofaa vaziri Rossiyani Yevropa uchun eng asosiy tahdid deb atadi

Mariush Blashchak «Yevroatlantika siyosati yagona va hamjihat bo‘lishi kerak», deb hisoblamoqda.

Foto: Karol Serewis / newspix.pl

Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak Rossiyani Yevropadagi xavfsizlikni izdan chiqaruvchi bosh omil deb atadi.

«Yevropada xavfsizlik sohasidagi vaziyat Rossiya siyosati sababli yomonlashmoqda», — deb ta'kidladi u.

Blashchakning fikricha, bu Rossiya harbiy qudratining oshishi, xalqaro munosabatlardagi tahdidlar va mudofaa imkoniyatlarini sinashning boshqa shakllarida namoyon bo‘lmoqda.

Polsha mudofaa vaziri ushbu vaziyatda «Yevroatlantika siyosati yagona va hamjihat bo‘lishi kerak», deb hisoblamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha mamlakatlar umumiy xavfsizlikni ta'minlashga o‘z hissasini qo‘shishi shart. 

«Bugungi dunyoda hech bir mamlakat xavfsizlik sohasida mustaqil siyosat olib bora olmaydi. Polsha NATO xavfsizligi uchun o‘z hissasini qo‘shishga tayyor», — dedi Blashchak.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid