O‘zbekiston | 11:13 / 05.10.2021
1175
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 85 yoshli otaxonga 29 yildan so‘ng O‘zbekiston fuqaroligi berildi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida 85 yoshli otaxonga O‘zbekiston fuqaroligi berilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Nishon tumani Shirinobod mahallasida yashovchi 85 yoshli Normamat Urazov O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. U bungacha fuqaroligi yo‘q shaxs maqomida yashab kelgan.

N.Urazov 1936 yilda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan. Asli kasbi o‘qituvchi. U 1992 yilda Nishon tumani, Shirinobod mahallasiga ko‘chib kelgan. 85 yoshli otaxon 29 yil deganda O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi.

Qayd etilishicha, O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Nishon tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan N. Urazovga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingani haqida ID–karta rasmiylashtirib berilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid