Jahon | 20:20 / 06.10.2021
5372
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon aviaqatnovlar uchun Armaniston havo hududidan foydalanishni boshladi

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi havo hududi rasman yopilmagan, ammo 1990-yillardan buyon bu mamlakatlar aviatashuvchilari boshqa yo‘nalishlardan foydalanayotgandi.

Foto: Azerbaijan Airlines

«Ozarboyjon havo yo‘llari» (AZAL) aviakompaniyasi Bokudan Nahichevanga yo‘lovchi reyslarini amalga oshirish uchun Armaniston havo hududidan foydalanishni boshladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Ushbu qadam Ozarboyjonning mintaqadagi transport kommunikatsiyalaridagi to‘siqlarni olib tashlashga qat'iyan tayyorligini ko‘rsatadi, bu barcha chegaradosh mamlakatlar manfaatlariga mos tushadi», — deyiladi xabarda.

 Yo‘nalishning o‘zgarishi parvoz vaqtini va yonilg‘i sarfini qisqartiradi.

 «Bundan buyon AZAL ushbu reysni amalga oshirishda mavjud barcha, jumladan, Armaniston va Eron hududlari orqali o‘tadigan havo yo‘laklaridan foydalanadi», — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi havo hududi rasman yopilmagan, ammo 1990-yillardan buyon bu mamlakatlar aviatashuvchilari boshqa yo‘nalishlardan foydalanayotgandi.

Avvalroq Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjon Armaniston bilan muzokaralar boshlashga tayyorligini aytgani haqida xabar berilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid