Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «snos» uchun fuqaroga beriladigan uyning xarajati mansabdorlardan sud orqali undirilishi ma'lum qilindi
Qashqadaryoda «snos» uchun fuqaroga beriladigan uyning xarajatini viloyat hokimi muammoga e'tiborsizlik qilgan mansabdorlardan sud orqali undirilishini ma'lum qilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 2011 yilda Qarshi shahri O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi Sanobar Yuldosheva yashab turgan uy «snos» bo‘lgan va o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilgan. Quruvchi onaxonga «snos» qilingan 12 sotix yerda joylashgan 10 xonali uy-joy o‘rniga to‘rtta 2 xonali yangi kvartira berilishi haqida va'da bergan. Ammo keyinchalik va'dasida turmagan. Orada bo‘lib o‘tgan sud jarayonlarida onaxonga ikkita ikki xonali uy berilishi aytilgan.
Onaxon o‘ziga berilgan uylardan biriga ko‘chib o‘tib yashay boshlaganida mazkur uylardan biri boshqa birovga ham sotilgani ma'lum bo‘ladi. Shundan keyin onaxonning sarson bo‘lishi boshlanadi. Mazkur mojaro yuzasidan bir necha marta sud bo‘lib o‘tgan va oxir-oqibat S.Yuldosheva va'da qilingan to‘rtta uy o‘rniga bitta uy bilan qolib ketgan.
Fuqaro o‘z muammosiga yechim izlab ko‘plab tashkilotlarga murojaat qilgan. Muammo hal bo‘lmagach ijtimoiy tarmoqlar orqali ham mutasaddilarga murojaat qilgan. Shunda ham u duch kelgan muammoga hech kim e'tibor qaratmagan. Shundan so‘ng, onaxon viloyat hokimi qabuliga kelgan.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev onaxonning muammosini mas'ullar oldida batafsil tinglagan va unga viloyat hokimligi hisobidan uy berilishini va uyning puli «snos» masalasida kamchilikka yo‘l qo‘ygan mansabdorlardan sud orqali undirilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
14:59 / 10.04.2025
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi
11:30 / 12.03.2025
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi
11:49 / 01.03.2025