Toshkent viloyatida yuk avtomobillari ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Foto: YHXBB
Joriy yilning 6 oktabr kuni soat 03:00larda Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tgan 4R2 “Toshkent-To‘ytepa” avtomobil yo‘lining 20-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi hamda haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Shuningdek, hodisa joyidan harakatlanib o‘tayotgan yengil avtomobillar haydovchilarining e'tiborsizligi oqibatida oldinma-ketin yengil to‘qnashuv ham sodir bo‘lgan.
To‘qnashuvlar natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025