Jahon | 16:48 / 07.10.2021
15181
2 daqiqa o‘qiladi

Adabiyot bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindori nomi e'lon qilindi

Hozirda Buyuk Britaniyada yashovchi tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazzoq Gurna «istilochilik oqibatlari hamda madaniyatlar va qit'alar orasiga tushib qolgan qochoqlar taqdiri mavzusini yoritgani uchun» ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.

Foto: Getty Images

Adabiyot bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindori nomi e'lon qilindi. Bu haqda Nobel qo‘mitasining Twitter-akkauntida ma'lum qilindi.

Unda aytilishicha, mukofot tanzaniyalik 73 yoshli yozuvchi Abdulrazzoq Gurnaga beriladi.

Hozirda Buyuk Britaniyada yashovchi yozuvchi «istilochilik oqibatlari hamda madaniyatlar va qit'alar orasiga tushib qolgan qochoqlar taqdiri mavzusini yoritgani uchun» ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.

4 oktyabrdan joriy yil uchun Nobel mukofoti sovrindorlarini e'lon qilish haftaligi boshlandi. Tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishida nufuzli mukofot Kaliforniya universiteti professori Devid Julius va AQShdagi Skrips ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Ardem Pataputyanga topshirildi. 

Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe fizika bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari deb e'lon qilindi.

Kimyo yo‘nalishida Benjamin List va Devid Makmillan asimmetrik organokatalizatorni rivojlantirgani uchun sovrindor deb topildi.

Nobel qo‘mitasi yana 2 yo‘nalish bo‘yicha sovrindorlarni e'lon qiladi. 8 oktyabrda tinchlik bo‘yicha Nobel sovrindori e'lon qilinadi. 11 oktyabrda esa iqtisodiyot bo‘yicha Nobel sovrindorlari ma'lum bo‘ladi.

Avvalgi yillardagi g‘oliblar:

2020: Luiza Glyuk (AQSh)

2019: Peter Handke (Avstriya)

2018: Olga Tokarchuk (Polsha)

2017: Kadzuo Isiguro (Buyuk Britaniya)

2016: Bob Dilan (AQSh)

2015: Svetlana Aleksiyevich (Belarus)

2014: Patrik Modiano (Fransiya)

2013: Elis Manro (Kanada)

2012: Mo Yan (Xitoy)

2011: Tomas Transtremer (Shvetsiya)

2010: Mario Vargas Losa (Peru)

2009: Gerta Myuller (Germaniya)

2008: Jan-Mari Le Klezio (Fransiya)

2007: Doris Lessing (Buyuk Britaniya)

2006: O‘rxon Pamuq (Turkiya)

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid