Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir tumandan 100 nafar tadbirkor tanlab olinib, ular lokomotiv tadbirkorlarga aylantiriladi - Prezident
Sirdaryo viloyatining har bir tumanidagi 100 nafar tadbirkor har yili aniq mezonlar asosida tanlab olinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Ushbu tadbirkorlar faoliyatini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash orqali ularni xalqaro miqyosida raqobatbardosh bo‘lgan lokomotiv tadbirkorlarga aylantiramiz.
Mirzaobod tumani misolida ushbu tizim qanday tashkil etilishiga to‘xtalib o‘tsam. Tashkil etilgan “Loyiha guruhi” tomonidan tumanning yerosti va usti imkoniyatlari o‘rganiladi hamda mavjud resurslardan kelib chiqib, elektrotexnika sanoati bo‘yicha yangi loyiha takliflari ishlab chiqiladi.
Mazkur loyihalar tuman bo‘yicha tanlab olingan ilg‘or tadbirkorlarga taklif qilinadi hamda “Holding kompaniyasi” tomonidan shu loyihalarni sherikchilik asosida amalga oshirish uchun 50 million dollar ajratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025