Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent shahrida ushlandi
Qashqadaryo viloyatida sodir etgan jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Nishon tumani hududida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz hudud» profilaktik tadbiri davomida Qashqadaryo viloyat IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-modda 4-kismi «a» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlangan.
Qayd etilishicha, Nishon tumani Navro‘z mahallasida yashovchi fuqaro T.Z. 2021 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan. Gumondor Qashqadaryoga keltirilib, Qarshi shahar 5-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
22:47 / 13.10.2022
Erini o‘ldirib xorijga qochgan, 19 yil qidiruvda bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi
21:07 / 03.10.2021
Andijon xalqaro aeroportida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan
17:31 / 24.04.2021