Jahon | 16:01 / 07.10.2021
3016
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament qiyofadan aniqlash tizimidan ommaviy foydalanishni taqiqlashga chaqirdi

Ta'kidlanishicha, ommaviy kuzatish uchun AI texnologiyasidan ommaviy tarzda foydalanish nomuvofiq chora deb hisoblanadi. Bu shaxsiy hayot daxlsizligi kabi huquq va erkinliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi. 

Foto: AdobeStock/DedMityay

Yevropa parlamenti Yevroittifoqda jamoat joylarida qiyofadan aniqlash texnologiyasidan ommaviy foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Rezolyutsiyada aytilishicha, YeI aholisi faqat jinoyatda gumon qilingandagina sun'iy ong (AI) texnologiyasi orqali kuzatilishi mumkin.

Ommaviy kuzatish uchun AI texnologiyasidan ommaviy tarzda foydalanish nomuvofiq chora deb hisoblanadi. Bu shaxsiy hayot daxlsizligi kabi huquq va erkinliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi. 

Shuningdek, rezolyutsiyada bildirilishicha, qiyofadan aniqlash tizimlari haligacha mukammal emas: AI shaxslarni aniqlashda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin.

Yevroparlament deputatlari qiyofadan aniqlash bo‘yicha xususiy ma'lumotlar bazasidan foydalanishni taqiqlashga chaqirmoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid