Namanganda soxta 7 ming dollar yoqib yuborildi
2021 yilning 20 fevral kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir mobaynida soxta pulni muomalaga kiritish payida bo‘lgan fuqarolar fosh etildi.
Aniqlanishicha, Yangiqo‘rg‘on va Uychi tumanlarida yashovchi 2 nafar hamda tergov davomida shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmagan “Janish” ismli fuqarolar oldindan til biriktirib, qiymati 50 AQSh dollari bo‘lgan jami 141 dona qalbaki bank biletlarini o‘tkazish vaqtida ushlangan.
Sud mazkur jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalarini har taraflama, sinchiklab o‘rganib, sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Ish bo‘yicha daliliy ashyo tariqasida olingan qalbaki 141 dona 50 AQSh dollarini tegishli tartibda yo‘q qilish belgilangan edi. 8 oktabr kuni ijro hujjati ijrosini ta'minlash maqsadida tadbir tashkil etilib, qalbaki dollar tegishli tartibda yoqib yuborildi.
Mavzuga oid
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
11:35 / 06.11.2024
18 yoshli xavfli retsidivist: Namanganda mashina olib qochgan o‘smir ozodlikdan mahrum qilindi
17:26 / 04.11.2024
Namanganda aholiga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 13 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
21:36 / 03.11.2024