Toshkentda isitish mavsumi 12 oktyabrdan boshlanadi
Toshkentda isitish mavsumi 12 oktyabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Poytaxt hokimligi xabari ko‘ra, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta'minotidan foydalanuvchi iste'molchilarni issiqlik bilan ta'minlash maqsadida, 2021 yil 12 oktyabrdan ijtimoiy soha obektlarining isitilishi boshlanadi.
Qayd etilishicha, shunga ko‘ra joriy yil 14 oktyabrdan ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitishga o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari”ning 13-bandiga muvofiq, xonadonlarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berish davri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlanadi va tamomlanadi.
Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 daraja tselsiydan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 daraja tselsiydan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
Barcha iste'molchilar ulanib bo‘lgandan so‘ng, 6-7 kun davomida o‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalarda issiqlik ta'minoti tizimlarining sinovi olib borilishi lozim.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

19:04 / 09.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

18:07 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda

16:55 / 08.04.2025
Poytaxtning Qorasaroy ko‘chasida daraxtlar ko‘chirilmoqda. Agrotexnik talablar buzilgan

14:09 / 08.04.2025