Jahon | 14:44 / 09.10.2021
5446
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada ko‘p qavatli binoning bir qismi qulab tushishi natijasida bir necha kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda motam kuni e'lon qilindi

Bino qulashi ishi bo‘yicha uch kishi – birinchi qavatdagi xonadon egasi va ta'mirlash ishlarini olib borgan ikki ishchi qo‘lga olingan.

Foto: Kulumbegashvili Tamuna/XinHua

Gruziyaning Batumi shahrida 1980-yillarda qurilgan 5 qavatli binoning bitta pod'yezdi qulab tushishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi vayronalar ostidan qidirilmoqda.

Taxminga ko‘ra, fojiaga binoning birinchi qavatida qurilish ishlari qoidaga zid tarzda olib borilgani sabab bo‘lgan. Birinchi qavatda qahvaxona, do‘konlar va go‘zallik saloni joylashgandi. Yana bir taxminga ko‘ra, ta'mirlash vaqtida binoning tayanch devori buzilishi natijasida pod'yezd qulab tushgan.  

Gruziyada 11 oktyabr motam kuni deb e'lon qilindi.

Mamlakat bosh vaziri Irakliy Garibashvili davlat barcha jabrlanganlarga yordam berishini ma'lum qildi.

«Barcha aybdorlar qonunga muvofiq qat'iy jazolanadi», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Bino qulashi ishi bo‘yicha uch kishi – birinchi qavatdagi xonadon egasi va ta'mirlash ishlarini olib borgan ikki ishchi qo‘lga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid