Jahon | 14:57 / 09.10.2021
3823
1 daqiqa o‘qiladi

YeI mamlakatlari migrantlarga qarshi to‘siq tiklash uchun Bryusseldan mablag‘ so‘radi

Ta'kidlanishicha, bu YeIga qo‘shni mamlakatlarning migrantlardan qurol sifatida foydalanishga urinishiga qarshilik ko‘rsatish uchun muhim qadam hisoblanadi.

Foto: Reuters

YeIning 12 mamlakati ichki ishlar vazirlari noqonuniy migrantlarning kirib kelishini cheklash maqsadida chegaralarda to‘siqlar tiklash uchun «qo‘shimcha va yetarlicha mablag‘» so‘rab Yevrokomissiyaga maktub yo‘lladi.

Vazirlarning ta'kidlashicha, bu YeIga qo‘shni mamlakatlarning migrantlardan qurol sifatida foydalanishga urinishiga qarshilik ko‘rsatish uchun muhim qadam hisoblanadi.

Maktubda yozilishicha, «jismoniy to‘siq chegaralarni qo‘riqlashning samarali usuli»dek ko‘rinmoqda.

Maktubni Avstriya, Bolgariya, Kipr, Chexiya, Daniya, Gretsiya, Vengriya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha va Slovakiya ichki ishlar vazirlari imzolashgan.

Avvalroq Polshaga bir kun ichida Belarusdan bir yarim mingdan ortiq noqonuniy migrant kirishga uringandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid