Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Eronning birinchi prezidenti vafot etdi
Eronning birinchi prezidenti Abulhasan Banisadr 88 yoshida Parijda vafot etdi. U Eronda 1979 yilda yuz bergan islom inqilobidan keyin prezident lavozimini egallagandi.
Banisadr uzoq davom etgan kasallikdan keyin Salpetriyer shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi.
Banisadr talabalik yillarida “Milliy front” talabalar harakati safiga qo‘shilgan. Ushbu harakat 1960-yillarda Erondagi hukmron tuzumga qarshi chiqqan va monarxiyaga qarshi g‘oyalarni ilgari surgan. Eronda 1963 yilda yuz bergan norozilik namoyishlarida u yaralanib, Fransiyaga ketgan. So‘ngra Sorbonna universitetida o‘qib, iqtisodiyot bo‘yicha doktorlik darajasini olgan.
1979 yilda Banisadr Eronga qaytgan va Islom inqilobiy kengashi tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik u iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimini egallagan.
Banisadr 1980 yil fevralda mamlakatda o‘tgan saylovlarda 76 foiz ovoz to‘plab, prezident lavozimini egallagan. Biroq 16 oy o‘tgach unga mamlakatda tobora kuchayayotgan “musulmon ulamolari hokimiyatiga” qarshi chiqqani uchun impichment e'lon qilingan. Shundan keyin u Fransiyaga immigratsiya qilgan va hayotining qolgan qismini u yerda o‘tkazgan.
Banisadr oxirgi yillar Eron haqida maqolalar yozgan va ularda mamlakatning amaldagi rahbariyatini tanqid ostiga olgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025