Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Nexia ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Voyaga yetmagan 10 yoshli bola vafot etdi
Foto: Telegram /yhxbb_uz
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Nexia mashinasi piyodani urib yuborgan. Oqibatda voyaga yetmagan bola vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 6 oktabr kuni soat 17:50larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-238 Samarqand-Bulung‘ur yo‘lining Bulung‘ur tumani Qo‘ng‘irot mahallasi hududidan o‘tgan 16-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan tumandagi 54-maktab o‘quvchisi, voyaga yetmagan 10 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan bola tez tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, yo‘lda harakatlanayotgan mashinalardan biri ko‘chani kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan. Shu payt katta tezlikda kelgan Nexia e'tiborsizlik bilan to‘xtamasdan harakatlangan va bolani urib yuborgan.
Ta'kidlanishicha, Qo‘ng‘irot mahallasida tuman IIB YHXB xodimlari, mahalla mutasaddilari, ota-onalar hamda 54-maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Muhokamada haydovchilarga yo‘l harakati qoidalarini buzmaslik, ota-onalarga esa farzandlariga e'tiborli bo‘lishlari uqtirilgan.
Samarqandda xalqaro yo‘lda kombaynni hujjatsiz boshqarib ketayotgan shaxsga chora ko‘rildi
Samarqandda Nexia ikki nafar piyodani urib yubordi. Ulardan biri vafot etdi
Mavzuga oid
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
13:52 / 03.05.2025
“Ruhiy bosim o‘tkazgan” - Samarqandda o‘quvchilarni qattiq koyigan o‘qituvchi intizomiy jazo oldi
18:00 / 14.08.2024
Bulung‘ur tumani hokimi bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qildi
16:23 / 29.07.2024