Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e'lon qilindi
Mukofotni Devid Kard, Joshua Engrist va Gvido Imbens qo‘lga kiritdi.
Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomini e'lon qildi.
Mukofotni Devid Kard, Joshua Engrist va Gvido Imbens qo‘lga kiritdi.
O‘tgan yili ushbu yo‘nalish bo‘yicha mukofot «kimoshdi savdolari nazariyasini takomillashtirgani va kimoshdi savdolarining yangi shakllarini ixtiro qilgani» uchun amerikalik olimlar Pol Milgrom va Robert Uilsonga nasib etgandi.
O‘tgan haftada qator yo‘nalishlarda Nobel mukofoti sovrindorlari ma'lum bo‘lgandi. Tinchlik bo‘yicha mukofot «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressaga, adabiyot yo‘nalishida – tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazzoq Gurnaga berildi. Kimyo yo‘nalishidagi mukofotni Benjamin List va Devid Makmillan, fizika yo‘nalishida Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe qo‘lga kiritdi. Tibbiyot yo‘nalishidagi mukofot amerikalik tadqiqotchilar Devid Julius va Ardem Pataputyanga berildi.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025