Jamiyat | 16:52 / 11.10.2021
5387
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 9 oy ichida 206 mingdan oshiq nikoh qayd etilgan

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar – sentyabr oylarida 206,7 mingta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 9 oyida qayd etilgan nikohlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga ko‘proqni tashkil etgan.

2021 yilning yanvar – avgust oylarida esa 174 ming 998ta nikoh qayd etilgan.

Avvalroq, 2021 yilning dastlabki 6 oyida respublika bo‘yicha nikohdan ajrashish holatlari keskin ko‘payib, 19 ming 407tani tashkil etgani xabar berilgandi.

Qaysi viloyatlarda qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari ko‘proq ekani ma'lum bo‘ldi

Аббос Салайдинов
Tayyorlagan Аббос Салайдинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid