Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qo‘shimcha 17 mingdan ortiq yoshlar oliy ta'limga qabul qilinadi
Buxoro viloyatida yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizdan oshiriladi va qo‘shimcha 17 mingdan ortiq yoshlar oliy ta'limga qabul qilinadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshiramiz. Eng avvalo, kelgusi besh yilda maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan 22 ta mahallada 507 ta oilaviy bog‘cha tashkil etiladi.
Shuningdek, qamrov ko‘rsatkichi past bo‘lgan hududlarda, 92 ta davlat va davlat-xususiy sheriklik, 586 ta oilaviy bog‘cha tashkil etiladi. Natijada, viloyat bo‘yicha maktabgacha ta'lim qamrovi 91 foizga yetkaziladi. Buxoro viloyatida bu borada o‘ziga xos tajriba shakllangan.
2026 yilga borib maktab yoshidagi o‘quvchilar soni 390 ming nafarga yetishini inobatga olib, viloyatda 50 mingga yaqin yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Buning uchun 24 ta yangi maktab quriladi, 262 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta'mirlanadi.
Kelgusi besh yilda viloyatda yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizdan oshiriladi va qo‘shimcha 17 mingdan ortiq yoshlar oliy ta'limga qabul qilinadi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025