Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Inson huquqlari amalda himoya qilinsagina odamlar qonunni hurmat qiladi” - Bahrom Abduhalimov
O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov o‘z saylovoldi dasturida jamiyatning barcha sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni faqat qonunchilik yo‘li bilan muvofiqlashtirishga harakat qilishini ma'lum qilgan.
“Qonun ustuvor bo‘lgan joyda adolat barqaror bo‘ladi. Qonun mustahkam bo‘lgan joyda ko‘nglimizda halovat, turmushimizda xotirjamlik, hayotimizda farovonlik bo‘ladi. Qonunlar adolatli bo‘lib, inson huquqlari amalda himoya qilinsa, shundagina odamlar qonunni hurmat qiladi va unga itoat etadi”, – deyiladi “Adolat” partiyasi nomzodining dasturida.
Shuningdek, Bahrom Abduhalimov prokuratura, adliya organlari va sud xodimlari o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlikni tugatishini va ularning faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashishini aytgan.
“Davlat boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza etuvchi tuzilmalar faoliyatida qonunchilik me'yorlarining buzilishiga, ularning noto‘g‘ri va erkin talqin etilishiga, shuningdek, rasmiyatchilik va korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib boramiz. Negaki, haqiqat va adolat bilan siyosat yurgizmagan har qanday mas'ul xodim fuqarolarning davlat siyosatiga munosabatini salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin”.
Dasturda adolatli va mustaqil sud-huquq tizimini yaratish, xalqning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat'iy mustahkamlash, sud faoliyati sifatini oshirish maqsadida amaldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirishi nazarda tutilgan.
“Nohaqlikka yo‘l qo‘ymaslik va sud faoliyati sifatini oshirish maqsadida amaldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish orqali yagona yurisdiksiya sudlarini tashkil etish jarayonini quyi pog‘onalarga – tuman (shahar) darajasiga tushirish, ularga “xalq sudlari” maqomini berish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga nazorat instansiyasi vakolatini yuklash borasida maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.
Barcha jazolar odil sudlov organlari tomonidan amalga oshiriladi. Har qanday ko‘rinishdagi “samosud” uchun qat'iy jazo belgilaymiz. Fuqarolar sud organlarini o‘zlarining himoyachisi, adolat posboni deb bilishi kerak”, – deyiladi saylovoldi dasturda.
Abduhalimov advokatlarning nufuzi va maqomini ko‘tarish, sud jarayonida advokatura va prokuratura huquqlari tenglik prinsipini ta'minlash hamda sohada bir qancha islohotlar o‘tkazishni ham va'da qilmoqda.
“Bizning partiya ijro bilan bog‘liq barcha vakolatlarni va jazoni ijro etish muassasalarini surishtiruv hamda tergov vakolatiga ega bo‘lmagan, xolis organ – adliya idoralari boshqaruviga berish tarafdori.
Dastlabki tergov organlarining tarqoqligi natijasida inson huquqlarining buzilishi holatlarini bartaraf qilish, dastlabki tergov ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mamlakatda yagona tergov organi – Tergov qo‘mitasini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz”, – deyiladi prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturida.
Avvalroq, Bahrom Abduhalimov o‘z saylovoldi dasturida oliy ta'lim muassasalaridagi kvotalarni butunlay yo‘q qilish, uy-joylar narxini keskin kamaytirish, prezident administratsiya va hukumat binolarini Toshkentdan tashqariga chiqarish hamda monopoliyaning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yilishiga va'da bergani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi
17:38 / 25.10.2024
Qarshida o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
12:00 / 25.10.2024