Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqaroni Polshaga ishga jo‘natishini aytib 3800 dollar olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Toyloq tumanida fuqaroni Polshaga ishga jo‘natishini aytib 3800 AQSh dollari olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan O.D. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari bilan gaplashib Polsha davlatiga ishga jo‘natishini aytib, evaziga 3 800 dollar olgani aniqlangan,
Shuningdek, tekshiruvda O.D. o‘z aybiga to‘liq iqrorligini bildirib S. dan olgan pullari hisobidan 800 dollar va 1,7 million so‘mni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025