Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maqsuda Vorisova: Iqtisodiyotda davlatning asosiy tartibga soluvchilik rolini yanada mustahkamlash zarur
Iqtisodiyot ijtimoiy yo‘naltirilishi kerak, deb hisoblaydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova.
“Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotda davlatning asosiy tartibga soluvchilik rolini yanada mustahkamlash zarur, deb hisoblaymiz” – deyiladi nomzodning dasturida.
Dasturga ko‘ra, mazkur vazifani amalga oshirishda quyidagilarni amalga oshirish reja qilinmoqda:
— umumxalq ahamiyatiga ega iqtisodiyot tarmoqlarining boshqaruvida davlat ishtirokini mustahkamlash;
— har bir insonning birlamchi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan iste'mol savatchasi qiymatini belgilash, shu asosda yashash minimumini qonuniy jihatdan mustahkamlash;
— oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyojdagi boshqa tovarlarni ishlab chiqarish sohasida davlat tomonidan tartibga solish choralarini qonuniy jihatdan mustahkamlash;
— hududlarning barqaror rivojlanishi uchun davlat daromadlarini teng va adolatli taqsimlash, hududiy dasturlarni amalga oshirish uchun davlat budjeti, boshqa ichki va tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish;
— muayyan hududlarga import tovarlarini olib kirganlik uchun bojxona to‘lovlaridan tushgan mablag‘larning bir qismini mahalliy budjetlarga yo‘naltirish, shu orqali import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha maxsus tuman va shahar investitsiyaviy fondlarini yaratish.
Vorisova 13 oktyabr kuni Xorazm viloyatida saylovoldi tashviqotini olib bordi.
Mavzuga oid
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
12:00 / 24.10.2024
XDP: “Aholi xavfsizligi va manfaati uchun davlat ishtiroki kerak”
17:16 / 22.10.2024
“Obod yurt”da XDP saylovoldi targ‘iboti olib borilmoqda
12:00 / 22.10.2024