Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tadbirkorlarning 548,5 million so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Payariq tumanida tadbirkorlarning 548,5 million so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar tadbirkorlarning mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan.
Jumladan, fuqaro T.M. va boshqalar tumandagi «D.» MChJ hamda «M.» oilaviy korxonasini boshqargan davrida Toshkent shahridagi «D.» va «P.» MChJlar hamda «E.» xususiy korxonasining 548,5 million so‘mlik mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, ular fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uning nomiga yuqoridagi sub'yektlardan 171 million so‘mlik mebel jihozlarini qabul qilib olganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirgan. So‘ng mahsulotlar sotuvidan tushgan naqd pulni bank muassasasiga topshirmasdan savdo qoidalarini buzganliklari aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025