Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanadi – Hokim qarori
Nurafshon shahrida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun 18,4 mlrd so‘m ajratiladi. Bu haqda Toshkent viloyat hokimi D.Hidoyatovning qarori qabul qilindi.
Toshkent viloyati hokimining 2021 yil 13 oktyabr kuni imzolagan 172-10-0-Q/21-sonli qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 606-F-son farmoyishiga asosan Toshkent viloyati Nurafshon shahrini ma'muriy markaz sifatida yangidan qurish uchun tasdiqlangan Bosh rejaga muvofiq, Toshkent yo‘li ko‘chasining kengayishi hamda G60 loyihaviy avtomobil yo‘li qurilishi munosabati bilan baholash ishlari yakuniga yetgan va 22 nafar mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun respublika markazlashgan jamg‘armasi hisobidan Toshkent viloyati hududiy jamg‘armasiga 18,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
«Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan hududiy jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Nurafshon shahar hokimligiga 18,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilsin», deyiladi qarorda.
Mavzuga oid
16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
14:59 / 10.04.2025
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi
11:30 / 12.03.2025
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi
11:49 / 01.03.2025