Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi markazi Gematologiya markazi tarkibidan chiqariladi
“Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi 2022 yil 1 yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi.
Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ tibbiy xizmat ko‘rsatish markazning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Qaror bilan markazni samarali tashkil etish va rivojlantirishga oid konsepsiya tasdiqlandi.
Onkologik va gematologik bemorlarga respublika bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berilgan taqdirda ularning transport xarajatlari mahalliy budjetdan qoplab beriladi.
Avvalroq, onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish uchun 2021 yilda qo‘shimcha 60 mlrd so‘m ajratilishi ma'lum qilingandi.
2022 yildan boshlab onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun davlat budjetidan 125 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Mavzuga oid
11:25 / 26.08.2022
O‘zbekistonda onkologik kasalga chalingan bolalar uchun birinchi hospis ochildi
17:47 / 14.05.2021
«Niyatni yaxshi qiling, yaxshi niyat amalga oshadi». Prezident onkologiya kasalxonasiga bordi
15:07 / 14.05.2021
Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazidagi bolalar holidan xabar oldi
09:00 / 05.03.2021