O‘zbekiston | 10:47 / 15.10.2021
1437
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida 9 oyda to‘lanmagan 1,2 mlrd so‘mlik ish haqlari undirilgan

2021 yilning 9 oyi davomida Navoiy viloyatidagi korxona va tashkilotlardan ishchi-xodimlarga to‘lanmagan 1,2 mlrd so‘mlik ish haqlari undirib berilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat MIB boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.  

Foto: Kun.uz

Ta'kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan davrida olib borilgan ijro harakatlari davomida ish haqlari undirilib, 168 nafar ishchi-xodimning buzilgan huquqlari tiklangan. 

Jumladan, “Elektrokimyozavod” aksiyadorlik jamiyatidan 50 nafar ishchi-xodimning foydasiga 199,7 mln so‘mlik, Xatirchi tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumidan 21 nafar o‘qituvchining foydasiga 92,6 mln so‘mlik ish haqlari undirilgan.   

Oldinroq Navoiyda MIB tomonidan ijro hujjatlariga asosan 6 oyda qariyb 232 mlrd so‘m undirilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid