«Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi
«Baholash faoliyati to‘g‘risida» va «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ularda mazkur faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi normalar chiqarib tashlandi. Baholovchi tashkilot va baholovchi, rieltorlik tashkiloti va rieltor tushunchalari berildi.
Baholovchi tashkilot - baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs. Baholovchi - belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs. Uni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Rieltorlik tashkiloti - rieltorlik faoliyatini qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan tijorat tashkiloti. Rieltor - yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan va rieltorlik faoliyatini qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan shaxs.
Belgilanishicha, baholovchi tashkilot baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a'zo bo‘lishi, rieltorlik tashkiloti esa - rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalaridan biriga a'zo bo‘lishi shart.
Qonunlar baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari tushunchalari berilgan normalar bilan to‘ldirildi, ularning vakolati va boshqaruv organlari belgilandi.
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari kamida 50 ta baholovchi/rieltorlik tashkilotining va rieltorning a'zoligiga asoslangan, baholovchilarning/rieltorlarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga ko‘maklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi NNTdir.
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari rahbarlari va xodimlari: baholovchi/rieltorlik tashkiloti ta'sischilari bo‘lishga; baholovchi/rieltorlik tashkilotida ishlashga yoki rieltor sifatida ish yuritishga; baholovchi/rieltorlik tashkiloti bilan FHShlar tuzishga; rahbarlarga, baholovchilarga/rieltorlarga yoki baholovchi/rieltorlik tashkilotlari boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs bo‘lishga haqli emas.
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasi a'zolarining umumiy yig‘ilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va ushbu yig‘ilish kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi.
Mavzuga oid
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024
Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi
14:21 / 02.10.2024