Afg‘oniston Islom Amirligi hukumati rahbarining o‘rinbosari O‘zbekistonga keldi
Bugun, 16 oktabr kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, etnik o‘zbek Abdul Salam Hanafiy boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 2021 yil 7 oktyabrda Afg‘onistonga amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga bag‘ishlanadi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusufbek Qobuljonov xabar berdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston tomoniga bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov boshchilik qiladi.
Avgust oyida Afg‘oniston Islom Respublikasi qulab, mamlakat “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.
7 oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Kobulga borib, Afg‘oniston Islom Amirligi tashqi ishlar vaziri v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024