Nurafshonni eng zamonaviy shaharlardan biriga aylantiramiz - Prezident
Nurafshon shahrida zamonaviy istirohat bog‘i, san'at saroyi, tarix muzeyi, ma'naviyat va ma'rifat maskani quriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
“So‘nggi yillarda amalga oshirayotgan tub islohotlarimiz va xalqning ichiga kirib, amaliy ishlar boshlangani natijasida viloyatdagi shahar va tumanlarga, olis qishloq va mahallalarga yangi hayot, yangi taraqqiyot kirib kelmoqda. Eng muhimi, odamlarda ertangi kunga ishonch ortmoqda.
Sizlar yaxshi bilasizlar, Toshkent viloyati tashkil topganiga 80 yil bo‘lsa-da, o‘zining ma'muriy markaziga ega emas edi. Bu albatta, hududni kompleks rivojlantirish, aholining mehnat qilishi va munosib yashashi uchun jiddiy muammolar tug‘dirib kelardi.
Sizlar bilan maslahatlashgan holda, Nurafshon shahri deb nom olgan viloyat markazini yangitdan barpo etishga kirishdik. Nurafshon shahrida boshqa inshootlar bilan bir qatorda, viloyat ahlining munosib dam olib, ma'naviy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy istirohat bog‘i, san'at saroyi, tarix muzeyi, ma'naviyat va ma'rifat maskanini ham barpo etamiz.
Sizlar bilan birgalikda yaqin yillarda Nurafshon shahrini o‘z nomiga mos, vatanimizning eng zamonaviy shaharlaridan biriga aylantiramiz. Nasib etsa, go‘zal Nurafshonni bunyod etganimizdan hammamiz faxrlanib yuramiz”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024