Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ta'mirlanayotgan ko‘prikdan tushib ketgan Lacetti haydovchisi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida ko‘rish cheklangan joyda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti ta'mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘prikdan tushib ketgan. Oqibatda haydovchi vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 8 oktyabr kuni soat 2:00larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-95 Koson-Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining Koson tumani Eshontepa qishlog‘idan o‘tgan 8-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Lacetti mashinasi haydovchisi harakatlanib kelayotib Eshontepa qishlog‘i hududida ta'mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘prikdan pastga tushib ketgan. Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Lacetti mashinasi haydovchisi ehtiyotsizlik qilgan va ko‘rish cheklangan hududda mashinani yuqori tezlikda boshqargan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024