Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladikavkazdagi koloniyada mahkumlar isyoni maxsus kuchlar yordamida bostirildi
Koloniyada isyon 15 oktyabr kuni kechqurun, rejali tekshiruvlar o‘tkazilganidan so‘ng boshlangan.
Vladikavkazdagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir qilganlar saqlanadigan 1-axloq tuzatish koloniyasida ko‘tarilgan isyon Rosgvardiya va jazoni ijro etish federal xizmati maxsus kuchlari tomonidan bostirildi.
Qayd etilishicha, isyon hafta boshlaridan yetila boshlagan va mahalliy kuch ishlatish tuzilmalari favqulodda holatga tayyorgarlik ko‘rgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tamerlan Tsgoyevning so‘zlariga ko‘ra, u ikki hafta ilgari koloniyaga kelganida mahkumlar ovqatlar va tibbiy xizmat sifati yomonligidan shikoyat qilgan.
Koloniyada isyon 15 oktyabr kuni kechqurun, rejali tekshiruvlar o‘tkazilganidan so‘ng boshlangan. Ma'lumot berilishicha, ikki nafar mahkum muassasa xodimlari talabiga bo‘ysunishdan bosh tortgan va boshqalarni isyon ko‘tarishga chaqirgan. Natijada koloniya xodimlari va mahkumlar o‘rtasida nizo yuzaga kelgan. Unda 200dan 600 nafargacha mahkum ishtirok etgan.
Mahkumlarning qarindoshlari isyonga koloniya xodimlarining kuch ishlatishi va rejim kuchaytirilgani sabab bo‘lganini aytmoqda.
Mavzuga oid
16:19 / 09.03.2025
Suriyada ikki kunlik to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi
13:50 / 01.12.2024
Suriyadagi isyon: hukumat qo‘shini Halabdan chekindi, Rossiya aviatsiyasi shaharni bombalamoqda
09:20 / 16.10.2024
Davlat dumasi isyon uchun umrbod qamoq jazosini birinchi o‘qishda ma’qulladi
08:51 / 20.07.2022