Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlariga ustama to‘lab berilmayotgani aytildi

Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumanida koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlariga 275 million so‘mlik ustamalar to‘lab berilmagani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi axborot xizmati xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Ishtixon tumanida koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlariga 275 million so‘mlik ustamalar to‘lab berilmagani aytilgan xabarlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.
Ishtixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida Ishtixon tuman Moliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 14 iyulda chiqarilgan №57-sonli buyruqqa asosan moliyaviy o‘rganish ishlari olib borilgan. Unga ko‘ra, 2021 yil aprel, may oylarida koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlariga nisbatan qo‘shimcha kunlik 6 foizlik ustama to‘lovlari moliyalashtirilmagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar to‘lovi 2021 yil 27 iyulda barcha tibbiyot va boshqa ishchi xodimlarga nisbatan amalga oshirilgan. «Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlariga nisbatan qo‘shimcha kunlik 6 foizlik ustama to‘lovlari o‘z vaqtida moliyalashtirilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025