Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan olib kelingan dron to‘xtatib qolindi
Navoiy xalqaro aeroportida Turkiya davlatidan olib kelingan uchuvchisiz uchish qurilmasi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Kun.uz'ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, aeroportga “Istambul-Navoiy” yo‘nalishidagi aviareys bilan olib kelingan yuklar yuk egasi, xolislar va bojxona xodimlari ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ko‘rik jarayonida yuklar orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona nazoratidan yashirilgan, qiymati 1 mln so‘m bo‘lgan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiy xalqaro aeroportida qadimiy tangalar va qog‘oz kupyuralarni noqonuniy tarzda xorijga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar aniqlangandi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025