Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aydar-Arnasoy ko‘llarida ekologik barqarorlikni saqlash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi
Aydar-Arnasoy ko‘llari hududida ekologik barqarorlikni saqlash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
“Avvalo, “Aydar-Arnasoy” ko‘llarini “Do‘stlik” va “Janubiy Mirzacho‘l” kanallari orqali to‘yintirish ishlarini yakuniga yetkazamiz. Natijada, birgina Do‘stlik kanali orqali har yili 500 million kub metrgacha qo‘shimcha suv tashlash imkoni yaratiladi.
Shuningdek, 6 ming gektar sun'iy suv havzalarida hosildorlikni 4-5 barobarga oshirish va xonadonlarda intensiv baliq yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga viloyatda baliq yetishtirish hajmi 50 ming tonnaga yetkaziladi.
Sharof Rashidov tumanidagi baliqchilik klasteri xonadonlarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida tashkil qilgan. Bu orqali yetishtirilgan 1 ming tonna baliqni sotib olib, qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan. Buning hisobiga bitta xonadon o‘rtacha 20 million so‘mdan qo‘shimda daromad olmoqda.
Shu bilan birga, klaster qoshidagi o‘quv markazida, har yili 1 ming nafar yoshlarni intensiv usulda baliq yetishtirish va uzumchilik bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash tizimi tashkil etilgan. Bu kabi ilg‘or klasterlar tajribasi barcha tumanlarda joriy etiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025