O‘zbekiston | 14:07 / 21.10.2021
4171
2 daqiqa o‘qiladi

Gulistonda ko‘cha tozalayotgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimini mashina urib yubordi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahrida obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini mashina urib yuborgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB hodisa yuzasidan ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, mazkur hodisa avgust oyida sodir bo‘lgan.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, joriy yil 9 avgust kuni soat 14:30 larda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida, O‘zbekiston shohko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelib, yangi bozor hududiga kirish joyida tashkil etilgan aylanma harakatda haydovchi A.M. Labo mashinasi bilan obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi S.U.ni urib yuborgan.

Oqibatda, fuqaro S.U. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Guliston shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar to‘planib, o‘rganib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid