Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hech kim akkumulyator zavodi tarixi haqida bilmaydi». Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi zavod qurilishi tarixini esladi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuv chog‘ida akkumulyator zavodi qurilishi tarixiga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Hech kim akkumulyator zavodi tarixi haqida bilmaydi. Andijonda avtomobil zavodi qurilayotganda Islom Abdug‘aniyevichning oldiga bordim. Kayfiyati yaxshi payt ekan. Yosh edim, ancha-muncha gaplarni bemalol gapiraverardim.
“Islom Abdug‘aniyevich, bitta shu akkumulyator zavodini Jizzaxda quraylik, men hamma viloyatlarga borib nimalardir iltimos qilib yuraman, Jizzaxdan hech bo‘lmasa akkumulyator iltimos qilishsin”, dedim hazil aralash. Hayron bo‘ldi, avtomobil zavodi Andijonda bo‘lsa, akkumulyator zavodi Jizzaxda bo‘ladimi, deb. Lekin qarorga imzo chekib berdi.
Mana, bu zavod shuncha vaqtdan beri ishlab turibdi, shuncha odam ish bilan ta'minlandi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025