Hindiston va Nepalda 200ga yaqin kishi suv toshqinlari qurboniga aylandi
Nepalda kamida 99 kishi qurbon bo‘lgan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, 40 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, 35 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Hindistonda shanbadan buyon yog‘ingarchiliklar davom etmoqda, kamida 88 kishi halok bo‘lgan.
Hindiston va Nepalda suv toshqinlari hamda ko‘chkilar oqibatida kamida 187 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.
"Uylar va ekinzorlarning vayron bo‘lishi shundoq ham koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashayotgan oilalar uchun og‘ir zarba bo‘ldi", –dedi Nepaldagi Qizil yarimoy jamiyati vakili Azmat Ulla.
Xabar qilinishicha, Nepalda kamida 99 kishi qurbon bo‘lgan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, 40 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, 35 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Qo‘shni Hindistonda shanbadan buyon yog‘ingarchiliklar davom etmoqda, kamida 88 kishi halok bo‘lgan. Yo‘llarni suv bosgani, ko‘prik va uylar vayron bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
17:32
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:11 / 17.09.2024
“Ko‘p narsa moliyalashtirishga bog‘liq” - Toshkentni toshqinlardan qutqarish rejasi tayyorlanmoqda
01:33 / 14.09.2024