Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyda yakka tartibda ta'lim beradigan o‘qituvchilarning ish haqi 40 foizgacha oshiriladi
Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma qaroriga asosan, o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o‘qituvchilarga endilikda amaldagi oylik ish haqi miqdorlari 40 foizgacha oshirilgan holda to‘lanadi.
O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash bo‘yicha xalq ta'limi vaziri va moliya vazirining qo‘shma qarori qabul qilindi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Qarorga asosan, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o‘qituvchilarning ish haqlarini hisoblashning yangi metodikasi joriy etilmoqda.
Umumta'lim muassasalarida o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o‘qituvchilarga endilikda amaldagi oylik ish haqi miqdorlarini 40 foizgacha oshirilgan holda to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, mazkur o‘qituvchilarga o‘quvchilar ta'tilda bo‘lgan davrda ham ish haqi to‘lab berilishi hamda yillik mehnat ta'tili pullari to‘lanishi belgilandi.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025