Jahon | 22:43 / 25.10.2021
6320
1 daqiqa o‘qiladi

Alibaba bozor qiymati pasayishi bo‘yicha antirekord qayd qildi

Foto: Bloomberg

Xitoylik milliarder Jyek Maning Alibaba Group Holding kompaniyasi bir yil ichida 344 mlrd dollarga arzonlashdi. Kompaniya bu borada antirekord qayd qildi, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.

Xitoy hukumati Alibaba’ga nisbatan talablarni qat'iylashtirgani ortida oktyabr boshida kompaniyaning aksiyalari Hongkong birjasida rekord darajada arzonlashdi. Oy oxiriga kelib esa aksiyalar narxi 30 foizga ko‘tarilgan, biroq 2020 yil oktyabriga nisbatan 43 foiz kamroqni tashkil qilmoqda.

Kapitallashuvi eng ko‘p darajada pasaygan kompaniyalar beshtaligiga Xitoyning yana uchta va AQShning bitta kompaniyasi kirgan: Kuaishou Technology (104 mlrd dollar yo‘qotgan), Ping An (-66,1 mlrd dollar), Tencent (-65,4 mlrd dollar) va AQShning Zoom (-63 mlrd dollar) kompaniyasi.

Mavzuga oid