O‘zbekiston | 16:16 / 25.10.2021
76568
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti saylovidagi g‘alabasi rasman e'lon qilindi

MSK Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida amaldagi davlat rahbari saylovchilarning 80,1 ovozi oldi.

Foto: Kun.uz

25 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi natijalari e'lon qilindi.

MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev saylov natijalariga ko‘ra, O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan lavozimga qayta saylangani haqida ma'lum qildi.

«Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchilardan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz bilan birga hisoblaganda 16 million 212 ming 343 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 80,4 foizidan iboratdir», deya ta'kidladi MSK raisi.

Ovozlar quyidagicha taqsimlandi:

Avvalroq «Yevronyus» O‘zbekiston prezidentligi saylovida Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga qayta saylangani haqida xabar bergandi. Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklagandi.

Saylovchilar ro‘yxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovchi kiritilgandi. Bu yilgi prezident saylovida ilk marta mahkumlar ham ovoz berishdi.

O‘zbekistonda prezident saylovlari har 5 yilda o‘tkaziladi. 2016 yilda o‘tkazilgan oxirgi prezident saylovlarida Shavkat Mirziyoyev 88 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi.

Mavzuga oid