Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudanda bosh vazir hibsga olinganidan so‘ng tibbiyot xodimlari ish tashlash e'lon qildi
Shifokorlar barcha kasaba uyushmalari va qarshilik ko‘rsatish qo‘mitalarini “ko‘chalarga chiqish, umummilliy siyosiy ish tashlash e'lon qilish”ga chaqirgan.
Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk va hukumatning bir necha nafar a'zosi hibsga olinganidan so‘ng mamlakat tibbiyot xodimlari kasaba uyushmasi umummilliy ish tashlash e'lon qildi.
“Biz fuqarolik hukumati va demokratiyaga o‘tish davrini himoya qilishga to‘liq tayyorligimizni e'lon qilamiz. Biz shoshilinch holatlardan tashqari Sudanning barcha shifoxonalarida umumiy siyosiy ish tashlash va barcha harbiy shifoxonalardan tibbiyot xodimlari chiqib ketishini e'lon qilamiz”, – deyiladi uyushmaning Facebook sahifasida.
Bundan tashqari, shifokorlar barcha kasaba uyushmalari va qarshilik ko‘rsatish qo‘mitalarini ko‘chalarga chiqish, umummilliy siyosiy ish tashlash e'lon qilishga chaqirgan.
Dushanba kuni Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk uy qamog‘iga olindi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Hamduk hukumatidan kamida 4 nafar vazir (aloqa, axborot, sanoat va moliya vazirlari), mamlakatdagi hukmron Mustaqil kengash vakili Muhammad al-Fakiy va Xartum gubernatori Ayman Nimr ham hibsga olingan.
Harbiylar poytaxt Xartumga kirish yo‘llarini va ko‘priklarni to‘sib qo‘yishgan, shaharda internet va mobil aloqa o‘chirib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
14:05 / 16.04.2025
Sudan: RSF muqobil hukumat tashkil etilishini e’lon qildi
14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
19:18 / 12.03.2025
“Talablari juda og‘ir, hukumat qiyinchiliklarga duch keladi” – Germaniyadagi ish tashlashlar haqida suhbat
20:44 / 09.03.2025