Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida bitim loyihasini tayyorlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 25 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari ¬– investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari ekspertlari tomonidan hozirgi vaqtda o‘rganilayotgan o‘zaro manfaatli yangi investitsiyaviy loyihalar shakllantirilgani ma'lum qilindi.
Koreya Eksimbanki, Iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar ijrosini yanada jadallashtirishga doir navbatdagi tadbirlar rejalashtirildi. O‘zbekistonda istiqbolli loyihalarni suveren kafolatlarni taqdim etmasdan amalga oshirish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida bitim loyihasini tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha kelishuvga erishish hamda hujjatni yaqin vaqtda imzolashga tayyorlash bo‘yicha harakatlarni faollashtirish niyatida ekanliklarini bildirgan.
Joriy yil oxirigacha Seul shahrida ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlarining kengashi hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya hukumatlararo qo‘mitasi yig‘ilishlari, shuningdek, O‘zbekiston va Koreya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralarini jalb etgan holda, muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni faollashtirishga oid kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
14:34 / 20.05.2025