Jahon | 16:12 / 27.10.2021
2906
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar PZR-test natijasining aniqligi sutkaning qaysi vaqtida topshirilganiga bog‘liqligini aniqladi

Olimlar buni sirkad ritm bilan izohlamoqda – qayd etilishicha, koronavirus zararlangan hujayralarda virus zarralarini kunduzi faolroq ajratib chiqaradi.

Foto: RIA Novosti

AQShning Vanderbilt universiteti olimlari koronavirus infeksiyasiga PZR-test natijasining aniqligi sutkaning qaysi vaqtida topshirilganiga bog‘liqligini ma'lum qildi

«Tadqiqotchilar musbat test natijasi aniqligi test kunduz kuni topshirilganida kechki vaqtdagiga nisbatan ikki marta yuqori bo‘lishini aniqladi», — deyiladi xabarda.

Ular buni sirkad ritm bilan izohlamoqda – qayd etilishicha, koronavirus zararlangan hujayralarda virus zarralarini kunduzi faolroq ajratib chiqaradi.

«COVID-19ga testni sutkaning maqbul vaqtida topshirish kasallik simptomsiz kechayotgan odamlarga tashxis aniq qo‘yilishini ta'minlaydi», — deb hisoblaydi universitet biologiya fanlari professori Karl Jonson.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid