Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada ishchi kuchi yetishmasligi tufayli mahsulotlar taqchilligi kelib chiqishi mumkinligi aytildi
Kadrlar yetishmovchiligi 70ta kasbda kuzatilmoqda. Muammoni mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi yangi qonun yordamida hal qilish ko‘zda tutilmoqda.
Germaniyani britaniyaliklar duch kelgan muammolar kutmoqda: yaqin vaqt ichida mamlakatda yonilg‘i taqchilligi yuzaga keladi va do‘konlar peshtaxtalari bo‘shab qoladi, deb yozadi Die Welt gazetasi.
«Hozirda 1,2 millionga yaqin xodimlar yetishmayapti, ularning uchdan ikki qismi malakali ishchilar hisoblanadi», — dedi federal bandlik agentligi rahbari Detlef Sheyele.
Kadrlar yetishmovchiligi 70ta kasbda kuzatilmoqda. Muammoni mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi yangi qonun yordamida hal qilish ko‘zda tutilmoqda.
Eng ko‘p kadrlar yetishmovchiligi ijtimoiy pedagoglar orasida kuzatilmoqda. Keyingi o‘rinlarda hamshiralar, elektrik-quruvchilar, santexniklar va uzoq masofaga qatnovchi haydovchilar turibdi.
Bunga maoshlarning kamligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Ekspertlarning fikricha, kadrlar yetishmovchiligi bir necha yil davom etadi, chunki yangi mutaxassislar pensiyaga chiqayotganlarning o‘rnini to‘ldirish uchun yetarli emas.
Kyolndagi nemis iqtisodiyoti instituti eksperti Aleksander Burshteddening so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinalari haydovchilari yetishmovchiligi Buyuk Britaniyada ta'minot sohasida inqiroz keltirib chiqardi, Germaniyani ham yaqin vaqt ichida shu muammo kutmoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025