Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yirik kalibrli pulemyot bilan jihozlangan va masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarildi
O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, masofadan boshqariladigan jangovar modul Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalardan birida ishlab chiqarildi.
Soha mutaxassislari tomonidan mahsulotning barcha konstruktorlik-texnik hujjatlari ishlab chiqilgani aytiladi.
Ma'lum qilinishicha, ular asosida yirik kalibrli pulemyot hamda zamonaviy elektron-optik kuzatuv va nishonga olish moslamalari bilan jihozlangan jangovar modulning tajriba namunasi ishlab chiqildi.
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, modul shu kunlarda zavod sinovlaridan o‘tkazilmoqda.